Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston-2035»: Dunyoning 100 dan ortiq ekspertlari Toshkentda jamlanadi

«O‘zbekiston-2035»: Dunyoning 100 dan ortiq ekspertlari Toshkentda jamlanadi

Shu yilning 5-6-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Buyuk Kelajak» XNNT tomonidan tashkil etilayotgan «O‘zbekiston-2035» ikkinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «Buyuk Kelajak» XNNT matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda «Buyuk Kelajak» kengashi ekspertlari 2035-yilgacha O‘zbekistonning uzoq muddatli Rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi loyihasining muhim iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlari taqdimoti bilan eksklyuziv hisobotlar qilishadi. Konsepsiya loyihasi muhokamasida deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Birinchi kuni forumning asosiy tadbiri bo‘lgan umumiy yalpi sessiyasi o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning 2035-yilgacha bo‘lgan Rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi loyihasining asosiy yo‘nalishlari taqdim etiladi.

So‘ng, forum ishtirokchilari strategiyaning asosiy yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish uchun bir qator ishchi guruhlariga bo‘linadi.

Ikkinchi kuni barcha ishtirokchilarning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilib, unda forum yakunlari sarhisob qilinadi. So‘ng yakuniy materiallar jamlanadi va qabul qilingan takliflar bilan to‘ldiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring