Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Prezident murojaatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Prezident murojaatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda prorektorlar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Unda universitet rektori G‘anisher Rahimov davlat rahbarining parlamentga murojaatnomasi haqida batafsil ma’lumot  berdi.

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yurtimiz jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizning demokratik rivojlanishi sari dadil qadam, deb e’tirof etilmoqda. Murojaatnomada har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar, topshiriqlar, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillardan kelib chiqqan. Murojjatnomada Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham alohida e’tibor qaratildi. 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Biz mana shunday murojjatni albatta qo‘llab-quvvatlashimiz hamda fidoiylik bilan murojaatda keltirilgan topshiriqlarni bajarishimiz shart.

G‘anisher Rahimov, O‘zDJTU rektori

Shundan so‘ng prorektorlar ham murojaat bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirning qizg‘in bahs-munozarlarga boy kechgani professor-o‘qituvchilarning mazkur murojaatga, yurtimizda kechayotgan jarayonlar va amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy munosabatini ko‘rsatib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring