O‘zbekiston dunyoning 206 ta davlati bilan «oldi-berdi» qilyapti – statistika

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 59,8 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 11 mlrd 141,8 mln AQSh dollariga yoki 22,9 foiz ga ko‘paydi.
TSAda eksport hajmi 26 mlrd 683,6 mln AQSh dollariga (2024-yilning yanvar–sentyabr oylariga nisbatan 33,3 foizga o‘sdi) va import hajmi 33 mlrd 111 mln AQSh dollariga (15,6 foiz o‘sish) yetdi. Hisobot davrida tashqi savdo balansi 6 mlrd 427,4 mln AQSh dollari miqdorida manfiy saldo bilan shakllandi.
O‘zbekiston jahonning 206 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,7 foiz), Qozog‘iston (5,8 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 74,7 foizni tashkil etib, unda asosan sanoat tovarlari (10,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,7 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,7 foiz) va har xil tayyor mahsulotlar (4,7 foiz) hissasi yuqori bo‘ldi.
2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar – Rossiya (12,2 foiz), Xitoy (5,2 foiz), Qozog‘iston (4,0 foiz), Afg‘oniston (3,8 foiz), Turkiya (3,1 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (2,1 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,6 foiz), Tojikiston (1,5 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 37,2 foizni tashkil etdi.
Ushbu davrga kelib import hajmi 33 mlrd 111 mln AQSh dollariga yetdi va 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 foiz), sanoat tovarlari (15,9 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oyida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 mlrd 529,1 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 29 mlrd 465 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 3 mlrl 646 mln AQSh dollariga yetdi.
2025 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi 175 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar, jumladan, Xitoy (30,3 foiz), Rossiya (18,6 foiz), Qozog‘iston (7,3 foiz), Turkiya (4,0 foiz), Koreya Respublikasi (3,8 foiz), Germaniya (2,6 foiz) va Hindiston (2,5 foiz) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter