Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Foto: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

1-iyuldan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida  Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli «Call-Center» ishga tushirildi. Bu haqda elchixonaning Feysbukdagi sahifasida xabar berildi. 

«Call-Center» orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga egalar.

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma’lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi. Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi.

«Call-Center» raqamlari:

+7 499 2300076, +7 499 2383620.

Markazlar haqida to‘liq ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring