Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Taylandda taqdimot o‘tkazdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Taylandda taqdimot o‘tkazdi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

O‘zbekistonning turistik salohiyatini ommalashtirish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining Bangkokdagi vakolatxonasi Tayland sayyohlik sanoatining vakillari uchun taqdimot o‘tkazdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

«H.I.S.» nomli Yaponiya — Tayland sayyohlik kompaniyasining muzokaralari chog‘ida O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari, uning boy madaniy merosi va O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining imkoniyatlari namoyish etildi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonda turistlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, «O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Tayland musulmonlari uyushmasi raisining o‘rinbosari Narong Vongsumitr, «Thammasat» milliy universitetining professori Yodbun Loesrit, «Business INN» sayyohlik kompaniyasining vitse-prezidenti Jaytapol Xon va seminar ishtirokchilari qatnashishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarning e’tibori O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun tavsiya etilgan eng mashhur joylar aks etgan «Welcome to Uzbekistan» va «O‘zbekiston shaharlari» nomli videokliplarga qaratildi.

Ayni kunlarda Bangkokdagi milliy aviakompaniya vakolatxonasi «TITIF-2018» turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yarmarka 2018-yilning 7—11-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring