Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda statsionar va mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi

O‘zbekistonda statsionar va mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi

Foto: «Huawei»

Jamiyat hayotining turli sohalarida muvaffaqiyatli joriy etilgan yangi innovatsion yechimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot markazlari, maxsus texnoparklar va kichik sanoat zonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida mutassaddi vazirlik va idoralar vakillarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Huawei» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo‘yicha ofisi bilan imzolangan memorandum doirasida tashkil etilib, unda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi MIB, «UZINFOCOM» yagona integratori va Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi vakillari ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoyning Pekin, Xanjou va Shenjen shaharlarida elektron hukumat tizimi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tadqiqot markazi mutaxassislari bilan uchrashuv va muzokaralar olib bordilar. Jumladan, Shenjen shahrida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda «Huawei Tech Investment Tashkent» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish orqali fuqarolarga yangi turdagi xizmatlarni joriy etish, sohani rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar hamda ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, dasturiy ta’minot yaratuvchi mutaxassislar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik olib boriladi.

Foto: «Huawei»

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida statsionar va mobil davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tizim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida joylarda sayyor tadbirlar tashkil etishning muhimligini hisobga olgan holda «Huawei Tech Investment Tashkent» bilan hamkorlik loyihasini amalga oshirishga kelishib oldilar. Loyihaning birinchi bosqichida statsionar va mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi pilot tariqasida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring