Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pasportim tayyor bo‘libdi, karantin davrida qanday olsam bo‘ladi?

Pasportim tayyor bo‘libdi, karantin davrida qanday olsam bo‘ladi?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 15-aprel kuni AOKA shtabida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo‘jayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Fuqarolarimizdan birining murojaati pasport masalasida:

— Pasportim tayyor bo‘libdi, karantin davrida qanday olsam bo‘ladi?

— Amaldagi tartibga ko‘ra, pasport tayyor bo‘lganda fuqaro shaxsan o‘zi shahar-tuman IIBga tashrif buyurishi, barmoq izlarini verifikatsiyadan o‘tkazilganidan so‘ng tayyor pasporti egasiga topshiriladi.

Shuning uchun Siz respublikamizda e’lon qilingan karantin bekor qilinganidan so‘ng pasportingizni olish uchun murojaat etishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring