Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident: Keyingi uch oyda natija ko‘rsatmagan bank rahbarlari lavozimidan ozod etiladi

Prezident: Keyingi uch oyda natija ko‘rsatmagan bank rahbarlari lavozimidan ozod etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida «mahalla yettiligi» faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi eng og‘ir 2 mingta mahallada «Dolzarb 40 kunlik» doirasida mutlaqo yangi ish tizimi joriy etilgan. Ushbu mahallalarda hokimlar elektr, gaz, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida hal etish uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Bandlik tizimi mas’ullari ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish bo‘yicha mahallalarda manzilli ish olib boradi. Shuningdek, 8 ming 992 ta mahallada obodonlashtirish, ko‘chat ekish va ariqlarni toza saqlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatini keskin tanqid qildi. Shu munosabat bilan viloyat va tuman banklari rahbarlari hamda mahalla uyushmalari uchun joriy yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘lishi ta’kidlandi.

Prezident ta’kidlaganidek, keyingi uch oyda aniq natija ko‘rsatgan rahbarlar o‘z lavozimida qoladi, faoliyatida o‘zgarish qilmaganlar esa ishdan ozod etiladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘zgarishlarni doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring