Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Sergelidagi «Aqlli tuman» vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Sergelidagi «Aqlli tuman» vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, raqamli boshqaruv va davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlat rahbariga hokimlik binosida «yagona darcha» tamoyili asosida tashkil etilgan xizmatlar taqdim etildi. Bu yerda hokimlik bilan bir qatorda yana beshta davlat tashkiloti faoliyat yuritib, aholi va tadbirkorlarga 30 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.

Prezident, shuningdek, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan «Aqlli tuman» platformasi va vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda 17 ta axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilingan bo‘lib, ijtimoiy va kommunal muammolarni monitoring qilish, aholi murojaatlarini nazorat qilish, favqulodda holatlarda xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Platforma tarkibidagi «Xavfsiz tuman», tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi hamda «AI Davomat» kabi tizimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, soliq tushumlarini tahlil qilish va maktablarda davomatni nazorat qilishga xizmat qiladi.

Davlat rahbari bunday raqamli yechimlarni Toshkent shahrining barcha tumanlarida joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, poytaxtda ta’lim, qurilish sohasini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq yig‘imlarini oshirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring