Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident talabaga «Kobalt» avtomobili sovg‘a qildi

Prezident talabaga «Kobalt» avtomobili sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashgani xabar berilgandi.

Uchrashuvda O‘zMU matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev so‘zga chiqib, o‘z tajribasidan kelib chiqib, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini matematika fanidan xalqaro olimpiadaga tayyorlayotgani, o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan olimpiadalarda munosib ishtirok etgani haqida gapirib bergan.

«Prezident talabaning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga Sardor Bozorboyev uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi» deya yozdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

«Xabar.uz » manbasiga ko‘ra, Sardor Bozorboyevga «Kobalt» avtomobili topshirilgan. 

Sardor Bozorboyev 2015-2018-yillarda matematika fanidan respublika va xalqaro miqyosidagi o‘tkazilgan olimpiada va musobaqalar sovrindori, «Yil talabasi - 2018» tanlovi g‘olibi, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohibi (2017)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring