Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident vazirlarga bir hafta muddat berdi

Prezident vazirlarga bir hafta muddat berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

– O‘tgan 6 oyda Xalq qabulxonalariga bandlik va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kelib tushgan 100 mingta murojaatni to‘liq hokimlik kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud.

Misol uchun, Pastdarg‘omda tashkil etilgan Mahallabay ishlash markazi 117 ta mahallada xatlov o‘tkazib, 4 ming nafar ishsiz bo‘lgan fuqarolarni aniqlagan va ularni kasb va tadbirkorlikka o‘qitish, biznes loyihalarini tayyorlash, kredit va subsidiya olishga ko‘maklashish orqali 3,3 ming nafarini band qilgan. Natijada, bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash darajasi Pastdarg‘omda 85 foizni tashkil etmoqda.

Yoki, bu borada Andijonda ham o‘ziga xos yangi tajriba yaratildi. Jumladan, Andijon viloyatida ikki oy ichida 169 ta mahallada 30 mingta xonadon a’zolarining bandligi ta’minlandi.

Bunday tashabbuslarni har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ko‘tarib chiqishi, bu orqali xalqni rozi qilishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shartligini uqtirdi.

Har bir vazir bir hafta muddatda tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashi shart.

Misol uchun, tibbiyot sohasidagi murojaatlarning qariyb yarmini tashkil etayotgan order tartibini bekor qilib, ochiq va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilsa, kamida 10 mingta shikoyat kamayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring