Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Propiska qilinganiga uch yil to‘lmagan xodimlar ham Toshkent shahridan uy sotib olishi mumkin

Propiska qilinganiga uch yil to‘lmagan xodimlar ham Toshkent shahridan uy sotib olishi mumkin

Foto: «norma.uz»

«Toshkent shahrida 11-band bilan doimiy propiska qilingan shaxs notarius orqali uy-joy oldi-sotdi shartnomasini tuzishi uchun propiskaga kirganiga 3 yil to‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qilishi kerakmi yoki o‘sha tashkilotda ishlayotganiga 3 yil to‘lganligi haqida ma’lumotnoma so‘raladimi? Ya’ni tashkilotda ishlayotganiga 3 yildan oshgan xodim propiskaga kirganiga hali 3 yil to‘lmagan bo‘lsa ham, uy-joy oldi-sotdi shartnomasini tuza oladimi?»

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ushbu savolning javobini keltirdi.

Unda yozilishicha, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan, Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash uchun sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lishi lozim.

Bunda agar sotib oluvchi tomon «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi qonun bilan tasdiqlangan ro‘yxatning 9-11-bandlari asosida doimiy propiska qilingan shaxs bo‘lsa, notarius bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar sotib oluvchining davlat tashkilotining ma’lumotnomasi asosida uch yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.

Demak, propiska qilinganiga uch yil to‘lmagan, lekin tashkilotda ishlayotganiga uch yildan oshgan xodim ham Toshkent shahrida uy-joy olish uchun oldi-sotdi shartnomasini tuza oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring