Pulli avtoturargohlarga to‘lov qilmaganlar jarimaga tortilishi mumkin
Pulli parkovkaga haq to‘lamaganlik uchun jarima joriy qilinishi mumkin.
Yo‘l bo‘yidagi pulli avtoturargohlardan foydalanganlik uchun to‘lovni qonunchilikda belgilangan muddatda to‘lamaslik yoki to‘lashdan bo‘yin tovlash fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida (amalda 824 ming so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha kiritishga oid hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Hokimlikka ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent shahridagi pulli avtoturargohlardan kuniga taxminan 15 000 nafar haydovchi foydalanmoqda. Shulardan faqat 2–3 foizi, ya’ni 300–450 nafar atrofidagi haydovchi xizmat haqini to‘lamoqda.
Shuningdek, bir oy davomida bu xizmatdan taxminan 465 000 nafar haydovchi foydalanadi va ulardan faqat 9 300 – 13 950 nafari to‘lovni amalga oshiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter