Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi toifadagi oilalar «Temir daftar»ga kiritiladi?

Qaysi toifadagi oilalar «Temir daftar»ga kiritiladi?

Foto: «Pressa 40.ru»

Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Temir daftar» tushunchasi haqida ma’lumot berilmoqda. «Uzreport» ma’lumot berishicha, «Temir daftar»ga ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi kiritiladi. Jumladan:

  • kam ta’minlangan;
  • nogironligi bo‘lgan;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj;
  • yakka-yolg‘iz keksalar;
  • doimiy ishsiz fuqarolar;
  • karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
  • og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarning oilalari.

Yuqoridagilarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Mas’ul xodimlar kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib borishadi.

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlab, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring