Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi

Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 15 mart kuni Bishkek shahridagi Imom Saraxsiy nomli markaziy jome masjidga tashrif buyurdi. U masjidda namoz o‘qidi va ro‘zadorlarga iftorlik qilib berdi.

Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi Asqad Alago‘zovga ko‘ra, davlat rahbari muqaddas Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan barchani tabriklagan. U musulmonlarni diniy bilimlarni maxsus bilimga ega ulamolardan o‘rganishga chorlagan.

S.Japarov, shuningdek, mamlakatda bolalar orasida qizamiq kasalligi tarqalishi ko‘payganidan xavotir izhor qilgan. Ushbu xastalikka chalingan bolalarning aksari emlanmagani aniqlangan. Shunga ko‘ra siyosiy yetakchi bolalarni emlashning muhimligini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston rahbari o‘z tabrigi so‘nggida Alloh taolodan ro‘zadorlarning ibodatlari qabul bo‘lishi, qirg‘iz xalqiga tinchlik hamda farovonlik berishini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring