Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi

Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi

Foto: «Google.com»

Jamiyatdagi odob-axloq me’yorlariga amal qilishga uning aholisi birdek mas’ul. Ushbu me’yorlarga amal qilmaslik, ayniqsa, ayol kishilarning odob normalarini mensimasligi jamiyatni tanazzulga olib keladi.

2018-yil 5-iyun kuni Buxoro viloyati Shofirkon tuman sudi Shofirkon tuman «Shibirg‘on» MFY binosida ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazilib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga hukm o‘qildi.

R.Dostonova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan), 2018-yilning 17-fevral kuni taxminan soat 20:00 larda o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Shofirkon tumani «Shibirg‘on» mahalla fuqarolar yig‘ini, Shibirg‘on qishlog‘ida joylashgan yashash xonadoni yotoqxonasida g‘arazli va past niyatlarda fuqarolar A.Bilolova hamda J.Sharipovga o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga A.Bilolovadan 10 000 (o‘n ming) so‘m miqdordagi pulni olib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Sudlanuvchi R.Dostonova sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi, qilmishidan pushaymondaligi haqida ko‘rsatuv berib, ayolligini inobatga olib unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘radi.

R.Dostonova O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga shu moddaga asosan JKning 57-moddasi qo‘llanilib, oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 (bir) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

R.Dostonovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasi qo‘llanilib, axloq tuzatish ishlari jazosi shartli hisoblanib, 1 (bir) yil sinov muddati belgilandi.

R.Dostonovaga yashash joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turishi, muayyan joylarda bo‘lmaslik, vaqti-vaqti bilan IIBdan ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyatlari yuklatildi.

J.Jumaniyozov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Shofirkon tuman sudi raisi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring