Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilishga ruxsat olishda xarajatlar keskin kamaytiriladi

Qurilishga ruxsat olishda xarajatlar keskin kamaytiriladi

Foto: Xabar.uz

Qurilishga ruxsat olishda tadbirkorlarning xarajatlari 2 barobargacha qisqartiriladi. 

«Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–104-son, 04.06.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha hududlarida mazkur Farmonda nazarda tutilgan davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi.

2026-yil 1-iyuldan obyektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash «1 ta ariza – 1 to‘lov – barcha ulanish nuqtalari» tamoyili asosida kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan holda shaharsozlik normalariga zid bo‘lmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda:

- ushbu bino loyihasini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda loyiha hujjatlarini hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyoti bekor qilinadi.

Qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.

2026-yil 1-sentyabrdan qurilish obyektlarini nazorat qilishda videokuzatuv kameralaridan foydalanish hamda qurilishi yangidan boshlanadigan quyidagi obyektlarda videokuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish choralari ko‘riladi:

 - tadbirkorlar tomonidan quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylar, III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obyektlarida;

- budjet hisobidan quriladigan qiymati 3 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring