Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon hayitida Click orqali hayitlikni va ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkin

Ramazon hayitida Click orqali hayitlikni va ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkin

Click Ramazon hayitida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ixtiyoriy ehsonlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida gapirib berdi.

Ramazon hayiti – insonparvarlik, mehr-oqibat, do‘stona munosabatlar va g‘amxo‘rlik pallasi.

Hayitning muhim farzlaridan biri – muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish. Ko‘pchilik ushbu ayyomda muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xayr-ehson qilishadi.

Avvallari muhtojlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotlar ko‘rinishida yordam berilar edi. Hozirda ko‘pchilik ehsonni (shu bilan birga fitr, fidya va zakotni) pul mablag‘i bilan amalga oshirishni afzal ko‘rishadi.

Texnologiyalar rivojlanib borayotgani sari, ehson qilishning yanada samarali usullari paydo bo‘lmoqda. Click – ehson qilishning tez va qulay usuli.

Click yordamida ehson qilishning 3 usuli mavjud:

1-usul – Click Boom  yordamida tezkor o‘tkazmalar

Yaqiningizdagilarga bir «Click»da hayitlik yuboring. Avvallari faqat Premium-obunachilar uchun mavjud bo‘lgan Click Boom funksiyasi bayram sharafiga bepul qilindi. Endilikda undan hamma foydalanishi mumkin. Click Boom o‘tkazmalarni karta yoki telefon raqamisiz amalga oshirish imkoniyatini beradi. Funksiya radar kabi ishlaydi: Click foydalanuvchisi topilgandan so‘ng, unga bir zumda kerakli mablag‘ni o‘tkazish mumkin.

2-usul – Masjidlarda QR-kod

Hozirda Toshkent shahri va viloyatlar masjidlarida Click QR-kodlari ishga tushirilgan. QR-kod orqali o‘tkazilgan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri masjidlar hisob raqamlariga yuboriladi va u yerdan xayriya ishlariga taqsimlanadi.

3-usul – Click tizimida “Xayriya” bo‘limi

Har qanday moliyaviy yordamni uydan chiqmagan holda Click Up ilovasi, @clickuz Telegram-boti yoki my.click.uz saytidagi Shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun “To‘lov”-“Xayriya” bo‘limiga kirish lozim. Mazkur bo‘limda barcha yirik rasmiy xayriya fondlari va mablag‘ yig‘imlari to‘plangan.

Click kompaniyasi barcha musulmonlarni va O‘zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin, xonadoningizdan shodlik-quvonch, tinchlik-osoyishtalik hech qachon arimasin.

Eslatib o‘tamiz, bu yil fitr, fidya, zakotning quyidagi miqdorlari belgilandi:

Zakot nisobi: 35 700 000 so‘m.

Fitr va Fidya miqdori:

- 2 kg bug‘doy (12 ming so‘m);

- 4 kg arpa (20 ming so‘m);

- 2 kg mayiz (100 ming so‘m);

- 4 kg xurmo (180 ming so‘m).

Sayt: click.uz

Facebook: fb.com/click.uz

Instagram: @clickuz  

Telegram-bot: @clickuz 

Telegram: t.me/click_uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring