Ramazon oyi 19-fevral sanasidan boshlanadi
2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi.
Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi. Prezidentning «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarori e’lon qilindi.
«Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oya asosida:
- kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;
- yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;
- Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazishga alohida e’tibor berilishi ko‘zda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter