Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov-2021: YeXHT rasmiylari jurnalistlar bilan uchrashdi

Saylov-2021: YeXHT rasmiylari jurnalistlar bilan uchrashdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (YeXHT DIIHB EBM) missiyasi saylovlar bo‘yicha katta maslahatchilari Aleksey Grimov va Matina Bakker-Sigannikovalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovi va uni yoritish masalalariga qaratildi.

E’tiborlisi, uchrashuvda ekspertlar ham jurnalistlarga savollar bilan yuzlanishdi. Xususan, saylovlarni yoritishda bloger va jurnalistlarning roli qanday bo‘lishi va cheklovlar bormi, degan savol bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvda ishtirok etganlarga ko‘ra, bunday cheklovlar mavjud emas va kelayotgan saylovda ular faol ishtirok etish va jarayonni keng yoritishni rejalashtirishgan.

Eslatib o‘tmoqchimiz, joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi. Unda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ham faol qatnashishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring