Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat raisi Sergelidagi voqea jabrlanuvchilariga hamdardlik bildirdi

Senat raisi Sergelidagi voqea jabrlanuvchilariga hamdardlik bildirdi

Bugun, 29 sentyabr kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat  a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisi o‘z ishini avvalida, Senat Raisi kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan hamyurtlarimizga parlament yuqori palatasi nomidan hamdardlik bildirdi:

«Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga binoan holat bo‘yicha zudlik bilan Hukumat komissiyasi ish boshladi.

Hozirda komissiya holat sabablarini o‘rganish va talafotlarni bartaraf etish, jumladan jabrlanganlarga har taraflama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ishonamizki, tez fursatlarda xodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etiladi.

Fursatdan foydalanib, bunday og‘ir damlarda matonat ko‘rsatayotgan qutqaruvchi – harbiylarimizga (FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari ), shifokorlarimizga, qolaversa, jablanganlarga beminnat yordam qulini cho‘zayotgan fidoyi hamyurtlarimizga hamda volontyorlik harakatiga barcha senatorlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz», dedi Tanzila Norboyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring