Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergeli hokimi: «Avtomobil bozorini Sergelida olib qolish harakatidamiz»

Sergeli hokimi: «Avtomobil bozorini Sergelida olib qolish harakatidamiz»

Foto: «Xabar.uz»

Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov Toshkent shahar hokimligi binosida ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot berdi, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Jumladan, u tuman hududida joylashgan «Sergeli» avtomobil bozorining ko‘chirilishi bilan bog‘liq OAVda keng tarqalgan ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.

«Dastlab poytaxtdagi barcha ulgurji bozorlarni shahar tashqarisiga ko‘chirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi, ammo shundog‘am hamma bozorlar shahar tashqarisida. Shu jumladan, «Sergeli» avtomobil bozorini ham Toshkent viloyatiga ko‘chirish rejalashtirilgandi, biroq ushbu variant ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda. Bozor juda katta maydonni — 24 gektarni egallaydi. Buning uchun xuddi shunday yangi maydonni topish, uni qurish, shundan keyingina bozorni ko‘chirishimiz kerak. Bularning barchasi ma’lum vaqtni talab qiladi», — deb aytdi Nozim Husanov. 

Foto: «Xabar.uz»

Sergeli tumani hokimi avtomobil bozorini Sergeli tumani hududida qoldirish istagida ekanini, u tuman budjetiga yiliga 11 mlrd so‘m keltirishini, shu bois bunday tushumdan voz kechishni istamasligini aytib o‘tdi.

«Hozir ushbu bozorni tumanimizda qoldirish takliflarini o‘rganayapmiz, lekin u aholiga ham xalal bermasligi kerak. Avtomobil bozorini transport oqimiga xalal bermasligi uchun Sergelining boshqa hududiga, masalan, Toshkent viloyati bilan chegaradosh hududlardan biriga ko‘chirishimiz mumkin. Kichik halqa yo‘li yoqasi bo‘ylab Toshkent viloyati bilan chegaradosh shunday hudud bor», — deb aytdi  Sergeli tumani hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Sergeli mashina bozori dastlab Toshkent viloyatining Chinoz, so‘ngra Yuqori Chirchiq tumaniga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring