Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahriston maydonida 115 mingdan ortiq yoshlar to‘plandi (foto)

Shahriston maydonida 115 mingdan ortiq yoshlar to‘plandi (foto)

Foto: Xabar.uz

Buxoroning eski shahrida Shahriston maydonida «Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi» shiori ostida o‘tkazilgan ulkan festival 115 mingdan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

«30-iyun – Yoshlar kuni» munosabati bilan mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Yoshlar oyligi» doirasidagi tadbirlar keng qamrovligi va bayramona muhiti bilan ajralib turmoqda.

Buxoroda o‘tkazilgan shunday yirik loyihalardan biri - yoshlar tashabbuslari, innovatsion g‘oyalar va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir minglab ishtirokchilarni bir maydonga jamladi. Kun davomida tashkil etilgan tashabbuslar marafoni yoshlarning bilim, salohiyat va ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish uchun samarali maydon vazifasini bajardi. Turli tanlovlar, ko‘rgazmalar va interaktiv loyihalar orqali ishtirokchilar o‘z g‘oya va ishlanmalarini taqdim etib, yangi tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

- Yangi O‘zbekiston»ning startap loyihalarini faqat televizorda ko‘rardik. Hayotda to‘g‘risi, birinchi marta qatnashyapman. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadada jamoamiz 8 ta medalni qo‘lga kiritgan. Ilk urinishdayoq, jamoamiz muvaffaqiyat qozongan. Bizni ham bu mukofotni topshirish uchun taklif qilishgandi. To‘g‘risi, biz g‘alabamizdan emas, ko‘proq shuncha qudratga ega tengdoshlarimizning ko‘pligidan katta energiya oldik. 25 ming dollar yutuqqa ega bo‘ldik. Hamma tengdoshlarimizga tavsiya qilaman. Chetda turmaslik kerak va qo‘rqmasdan startap loyihalarni boshlash kerak!-deydi Salohiddin Yoqubov.

Buxoro hokimi Botir Zaripov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidlab, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof etdi. O‘zining bilim va iqtidori, jamoatchilik faolligi hamda yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan yuzdan ortiq buxorolik yoshlar munosib taqdirlandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring