Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Qudratxo‘jayev: «Kuchini qayerga ishlatishni bilmaydiganlar Mo‘ynoqqa, Manasga, Mirzacho‘lga borsin!»

Sherzod Qudratxo‘jayev: «Kuchini qayerga ishlatishni bilmaydiganlar Mo‘ynoqqa, Manasga, Mirzacho‘lga borsin!»

Foto: Xalqaro press-klub

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayevning «Xalq so‘zi»da ​«Bilak kuchini aql va yurak kuchiga aylantiraylik!» nomli maqolasi e’lon qilindi. 

Unda Qudratxo‘jayev ayrim odamlarni «aqlini feysbukdagi tortishuvlarga, g‘iybat qilish, yoki kimnidir urib, o‘zicha «jazosini» berishga emas, chiroyli yashab, iz qoldirishga chaqirgan. 

«Shu yaqin vaqt orasida O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy so‘zlashuvida va jug‘rofiy xaritasida uchta «M» paydo bo‘ldi. Bu yangi qo‘shilgan shahar yoki qishloq emas, bu Prezident Shavkat Mirziyoyev bizning e’tiborimizni qaratgan uchta «M»dir. Bular obodlikning «O» harfi qolmagan Manas, Orolqum ichidagi Mo‘ynoq, xarobaga aylangan Mirzacho‘ldir. Aslida, bu hududlar avval ham bo‘lgan, ammo biz ushbu hududlardagi holatga ko‘nikkan, e’tibor bermay qo‘ygan edik. Kuchini qayerga ishlatishni bilmaydiganlarga murojaat etmoqchimanki, ana, Mo‘ynoqqa boring, Manasga boring, Mirzacho‘lga boring. Yurt obodligiga hissa qo‘shing!» deb yozgan muallif.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring