Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokor qishda semirib ketmaslikning yo‘llarini aytdi

Shifokor qishda semirib ketmaslikning yo‘llarini aytdi

Qish mavsumida ko‘pchilikda ishtaha yaxshilanadi va jismoniy faollik kamayadi. Bu ortiqcha vaznning shakllanishiga olib keladi, deydi umumiy amaliyot shifokori Anastasiya Jdanova «Izvestiya»ga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuz-qish davrida inson tana vazni taxminan 5 foizga oshadi.

Fiziologiya shundayki, sovuq havoda organizmda yorug‘lik va quyosh yetishmasligi, ko‘p ovqtalanish tufayli yog‘ to‘qimalari to‘planadi.

Qo‘shimcha vazn to‘plashni istamaydiganlar uchun mavsumga qarab kiyinish muhim, deydi mutaxassis. Jismoniy mashqlar, ko‘chada ko‘proq yurish va qishki jismoniy faoliyat turlari ham zarur.

Shifokor, ayniqsa, ko‘proq proteinni o‘z ichiga olgan foydali diyetaga e’tibor qaratdi.

«Bu yangi va yog‘siz go‘sht, baliq, kam yog‘li sut mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Proteinning qo‘shimcha manbai proteinli kokteyllar bo‘lishi mumkin, bu ham ovqatning kaloriya miqdorini taxminan 30 foizga kamaytiradi», - deya ta’kidladi yekspert.

Bundan tashqari, parhez sabzavot, meva va o‘tlarni ham o‘z ichiga oladi. Optimal parhez kuniga 4-6 marta ovqatlanishdir, deydi shifokor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring