Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifatsiz isitish pechlarini sotayotgan tadbirkorlar ogohlantirildi

Sifatsiz  isitish pechlarini sotayotgan tadbirkorlar ogohlantirildi

Illyustrativ surat

Nishon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati savdo shoxobchalarida sotilayotgan qo‘lbola isitish pechlari, yondirgichlar hamda gaz balonlarining muvofiqlik sertifikatlari bilan sifati tasdiqlangan holda sotilayotganini o‘rgandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, «Urgut Nurgaz» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan Nurgaz isitish moslamasi sertifikatsiz sotilayotganligi kuzatildi. Tadbirkor Hasanov Alisher sifati kafolatlangan tovar sotish to‘g‘risida tushuntirildi hamda ogohlantirilgan.

Shuningdek, «NIKAI» isitish moslamasi sifat sertifikatisiz sotilayotganligi aniqlangan. Shundan so‘ng muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan va sifati tasdiqlanmagan isitish moslamalar inson hayotiga xavf tug‘dirishi haqida tushuntirilgan va ushbu isitish moslamalarini savdoga chiqarilmasligi haqida ogohlantirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring