Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi tayinlovlar davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi tayinlovlar davom etmoqda

Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga, avvalo, davolash ishlarida tibbiyotning zamonaviy va samarali texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, kardiologiya, nevrologiya, terapiya kabi qator yo‘nalishlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish, tibbiy radiologiya yo‘nalishida ilmiy ishlarni rivojlantirish, davr talabiga mos malakali kadrlarni tayyorlash, xorijning nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlagan holda, soha vakillarining xalqaro klinikalarda malaka oshirishlarini, chet el mutaxassislarining klinikada mahorat darslarini tashkil etish kabi  vazifalar yuklatildi. Shuningdek, unga xalqqa  yanada yaqinlashish, qog‘ozda quruq hisobotlar bilan emas, balki amaliy natijalar bilan odamlar ishonchini qozonish, ular dardiga malham bo‘lish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab berildi.

Z.Abdurahmonova bunga qadar mazkur klinik shifoxonaning davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, shu bilan birga, bosh vrach vazifasini bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Atabekov; Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga Dinara Makkambayevna Xashirbayeva tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring