Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq antitsiklon kirib kelyapti

Sovuq antitsiklon kirib kelyapti

Bugundan boshlab mamlakatimiz hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Shu munosabat bilan atmosfera havosi sifati yomonlashishi kutilmoqda. Havo aylanishining sustligi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida to‘planib boradi.

Ayni paytda hududda harorat inversiyasining shakllanishiga olib keluvchi meteorologik sharoitlar kuzatilmoqda. Bu kechasi +5…+7 daraja va kunduzi +16…+18 daraja bo‘lgan keskin harorat farqi bilan bog‘liq. Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi ta’sirida qolmoqda. Ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik va deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilib, bu havo almashinuvining juda sekin kechishiga sabab bo‘ladi. Natijada chiqindilar shahar hududida saqlanib qoladi.

Atmosferada shaharga xos bo‘lgan odatiy ifloslantiruvchi moddalar to‘planadi. Ularning asosiy manbalari avtotransport, isitish tizimlari, yoqilg‘ini yoqish hamda sanoat chiqindilaridir. Bunday sharoitda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi sust kechadi va havoda chang hamda mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasining ortishi kuzatilishi mumkin.

Bunday vaziyat yaqin uch kun davomida saqlanib turishi mumkin. 10-martga kelib sovuq antitsiklon mamlakatimiz hududini to‘liq qamrab oladi. Havo harorati barqarorlashishi, shamol tezligining oshishi hamda yog‘ingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring