Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan 122 fuqaro aniqlandi

Surxondaryoda noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan 122 fuqaro aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 122 nafar jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi. 

Ularga tegishli bo‘lgan jami 76 mln 896 ming so‘mlik mahsulotlar rasmiylashtirilib, vaqtinchalik saqlovga olingan.

Aniq misollarga murojaat etadigan bo‘lsak, Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro H.Sh hech qanday hujjatlarsiz avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi, ushbu tumandagi yana bir fuqaro Q.I. esa noqonuniy tarzda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini amalga oshirib kelayotganligi aniqlangan. Har ikki holat bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning 5 mln. 609 ming so‘mlik mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik saqlovga olingan.

Avvalroq, Soliq qo‘mitasi qurilish mollari yuzasidan ham ma’lumot bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring