Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026 yildagi ikkinchi mavsumi 15 iyuldan start oladi. Bu tizim joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum bo‘ladi.

Yangi mavsum doirasida fuqarolar 15 iyuldan 3 avgustgacha o‘z loyihalarini kiritishi mumkin. 4-18 avgust kunlari loyihalar saralanadi, 19-21 avgust kunlari esa targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.

Ovoz berish jarayoni 22-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1 sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi kuni e’lon qilinadi.

Shuningdek, 1-10 sentyabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash va e’lon qilish bosqichi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring