Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda imom-xatiblar yoshlarni armiyada xizmat qilishga chaqirmoqda

Tojikistonda imom-xatiblar yoshlarni armiyada xizmat qilishga chaqirmoqda

Foto:«Asia-Plus»

«Hisorda o‘nlab ruhoniylar yoshlarni armiyada xizmat qilishga chaqirmoqda», — deya xabar beradi shahar jome masjidining imom-xatibi Sharofiddin Fozilov.

Uning so‘zlariga qaraganda, islom ulamolari harbiy komissariat xodimlari bilan birgalikda yigitlarning uylariga borib, ular bilan armiyada xizmat qilish zaruriyati haqida suhbatlashmoqda. «Biz vatanparvarlik, mamlakat ichkarisi va mintaqadagi barqarorlik haqida gapirayapmiz. Bizning da’vatlarimizdan so‘ng bir necha yoshlar armiyada xizmat qilish xohishini bildirganiga o‘zim guvohman», — deydi Sharofiddin Fozilov.

Tojikiston prezidentining farmoniga binoan bahorgi chaqiruv 1-aprel kuni boshlanib, 31-mayga qadar davom etadi.

Tojikiston mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra mamlakat Qurolli kuchlari safiga har yili 15-16  ming kishi chaqiriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Faridun Mahmadalizoda bu yil ruhoniylar bahorgi harbiy chaqiriq kampaniyasida faol ishtirok etayotganini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring