Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, Barhayot Meliyev 1987 yil 9 martda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring