Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 12 kilogramm simobni 12 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkentda 12 kilogramm simobni 12 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi, Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkentning Chilonzor va Sergeli tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan, Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Sh.ga 12 kilogramm simobni 12 ming AQSh dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir holatda Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSh dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi ham to‘xtatildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring