Toshkentda FVB xodimi 1,5 ming dollar bilan qo‘lga olindi
FVB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, mahalliy MChJ rahbaridan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, FVB xodimi hamkasblari orqali, MChJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avval Namangan va Surxondaryoda energetika xodimlari ushlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter