Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlarida elektr o‘chadi

Toshkentning ayrim hududlarida elektr o‘chadi

Bugun Toshkent shahri, Olmazor tumanining qator mahallarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Qayd etilishicha, tumanning «Ahil», «Paxta», «Yangi Toshkent», «Beruniy», «Shodiyona», «Istiqbol», «Oltinsoy», «Bo‘stanobod», «Tepa Guzar», «G‘alaba», «Tabassum», «Islom ota» hamda «Chuqursoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 KVA yuqori kuchlanishli «Sag‘bon» podstansiyasidagi quvvati 25000 kVA bo‘lgan kuch transformatorini quvvatini 40000 kVA bo‘lganiga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, 26 may kuni soat 14:00 ga qadar mazkur hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish va o‘rnatish choralari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan ushbu jarayonga 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislar, 10 dan ortiq maxsus transport vositalari jalb etilgan.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring