Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ikki tumaniga soliqchilar tayinlandi

Toshkentning ikki tumaniga soliqchilar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlariga yangi DSI boshliqlari tayinlandi.

Imindjanov Umid Bahramovich Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

U bunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Shuningdek, Malikov Abdumuhtor Abdugafurovich Toshkent shahri Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

A. Malikov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yashnobod tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring