Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning sobiq hokimi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkentning sobiq hokimi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi rasmiy sayti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 3 oktyabr kuni xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 2018 yilning aprel oyidan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Usmonov Rahmonbek Jahongirovich Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Usmonov Rahmonbek Jahongirovich 1960 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1982 yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. U 2012–2018-yillar — Toshkent shahar hokimi,  2018 yil aprel oyidan shu kunga qadar O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Usmonov Rahmonbek Jahongirovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 400 ming AQSh dollari miqdorida pora olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring