Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki lotereyalari yurtdoshlarimizga ham imkoniyat, ham saxovat ulashmoqda

Xalq banki lotereyalari yurtdoshlarimizga ham imkoniyat, ham saxovat ulashmoqda

Foto: Bank axborot xizmati

Mamlakatimizning eng yirik va universal banklaridan biri bo‘lgan aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan bank tizimi uchun noan’anaviy faoliyat turi – yutuqli lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yurtdoshlarimizning quvonchiga quvonch ulashish bilan birga, oilalarning farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Shu sababdan ham Xalq banki lotereya ishtirokchilarini manfaatdorligini ko‘zlagan holda yildan-yilga jozibador lotereyalarni tashkil etib kelmoqda.

Buning isboti sifatida bugungi kunda bank bir necha turdagi pul va pul-buyum yutuqli, lahzali, tirajli va sonli-televizion lotereyalar o‘tkazilishi natijasida ko‘plab yurtdoshlarimiz turli pul va buyum ko‘rinishidagi yutuqlar sohibiga aylanmoqda. Shu bilan birga, lotereyalar bilan ishlash jarayonida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yutuq sohibiga aylangan o‘yin ishtirokchilariga yutuqlarining o‘z vaqtida to‘lanishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Birgina o‘tgan 2018-yilda 11 turdagi lotereya bo‘yicha jami 57 milliard so‘mdan ortiq 9 million dona pul va buyum yutuqlari o‘z egalariga topshirildi. Joriy yilning o‘tgan besh oyida esa 8 ta lotereya bo‘yicha 25 milliard so‘mlik 3 million donadan ortiq yutuqlar o‘z egalariga topshirildi.

— Ko‘p yillardan buyon Xalq banki lotereyalarini o‘ynab kelaman, bir necha bor turli miqdordagi pul yutuqlarini ham yutganman, lekin bugungisi ularning orasida eng kattasi bo‘ldi, — deydi Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi hamyurtimiz Yalgashev Baxrom. — Yaxshi niyat bilan harakat qilish kerak ekan. Mana, yaqinda «Sharqona lotto» lotereyasidan bir nechta olgan edim, shulardan birida 830 million so‘mdan ortiq pul mukofoti chiqdi.

Foto: Bank axborot xizmati

Bunday yutuq sohib va sohibalarini ko‘plab keltirishimiz mumkin. Masalan, «Omad lotto» lotereyasi «36 dan 5» va «Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinlaridan Samarqandning Pastdarg‘om tumanidan Yo‘ldoshev Akram 426-yutuqlar tirajida 741,5 mln. so‘m, farg‘onalik omadli hamyurtimiz Botirova Sadoqatxon 750 milliondan so‘mdan ortiq «Jekpot»larni yutib olishgan.

«Sharqona lotto» 105-tirajida kichik Jekpot sohibi, ya’ni «Spark» avtomobili Xorazm viloyati Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi hamyurtimiz Jumaniyazov Polvonga nasib qilgan. Bundan tashqari, joriy yilning o‘zida 10 ta avtomobil yutuq sohiblariga taqdim etildi.

Foto: Bank axborot xizmati

Lotereyalarda o‘ynalgan turli miqdordagi pul va avtomobil yutuqlari mamlakatimiz aholisining oila farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan bo‘lsa, lotereyalarning o‘tkazilishidan olingan mablag‘larning muayyan qismi esa, bir qator ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan 2018-yil davomida bank tomonidan lotereya daromadlari hisobidan bolalar sportini rivojlantirish, mehribonlik uylariga, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahallalarni obodonlashtirish, yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish, shuningdek, urush qatnashchilari va nogiron, qariya hamda front orti mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor hamda kam ta’minlangan oilalarga jami 4,5 mlrd. so‘mga yaqin xayriya mablag‘lari moliyaviy yordam sifatida ajratilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 0,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Xalq banki lotoreyalari bu bilan kifoyalanmay, aholiga lotereyalarda ishtirok etishda tanlash imkoniyatini taqdim etish maqsadida yaqin kunlarda super lotereya – «Superlotto» o‘yinlarini tashkil etmoqchi. «Jekpot» miqdori 1 mlrd. so‘mni tashkil etgan «Superlotto» lotereyasi «6+1» o‘yini televideniyeda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali o‘tkazilinadi. Bundan tashqari, lotereyamiz tarixida birinchi marta yutuqqa 100 ta avtomobil qo‘yilgan «Omad qushi» lotereyasi (2-chiqarilishi) ham tashkil etiladi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Xalq banki tomonidan sotuvga chiqarilayotgan lotereyalar millionlab yurtdoshlarimizga bir olam quvonch olib kelishi bilan birga mamlakatimizdagi ko‘plab xayriya tadbirlarini amalga oshirilishiga moddiy manbaa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Zero, Xalq banki lotereyalari yurtdoshlarimizga ham imkoniyat, ham saxovot ulashayotir.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring