Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro armiya o‘yinlarida oltin medallarimiz soni to‘rttaga yetdi

Xalqaro armiya o‘yinlarida oltin medallarimiz soni to‘rttaga yetdi

Foto: «Mudofaa.uz»

Dunyoning 11 davlati hududida 42 mamlakat vakillaridan iborat 277 jamoa ishtirok etayotgan «ArMI – 2021» Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi yana bir yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

«ArMI–2021» Xalqaro armiya o‘yinlarining «Dala oshxonasi» tanlovida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi Rossiya, Belarus, Vetnam, Tojikiston kabi davlat vakillarini ortda qoldirib, umumiy jamoa hisobiga yana bir oltin medalni tuhfa etdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Bugungi kun holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoalari umumiy hisobda 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bular:

  1. «Sodiq do‘st» musobaqasining erkaklar jamoasi;
  2. «Sodiq do‘st» musobaqasining ayollar jamoasi;
  3. «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasi jamoasi;
  4. «Dala oshxonasi» musobaqasi jamoasi.

Musobaqalar davom etmoqda. Bugungi kunga qadar qo‘lga kiritilgan oltin medallar mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Qolgan jamoalarimizdan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring