Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston vakillari xalqaro radiomarafonda ishtirok etdi

O‘zbekiston vakillari xalqaro radiomarafonda ishtirok etdi

Turkiy xalqlarining o‘ziga xos an’analari uyg‘unligini aynan yangilanish va yasharish ayyomi - Navro‘zi olamda ko‘rishimiz mumkin.

«Qazaqstan» RTRK  «Qazaq radiolary» tashabbusi bilan  Qozoq radiosining 100 yilligi tadbirlari doirasida  Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  «Navro‘z 2021» to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro radioko‘prigi  ham buning yorqin isboti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Mo‘g‘iliston, Tatariston radiokanallari ishtirok etdi.  

Radioko‘prikda qardosh xalqlar jurnalistlari  Navro‘z bayrami o‘z yurtlarida nishonlanishi tarixi, Navro‘zning o‘ziga xos udumlari haqida so‘zlashdi. Bahor, Navro‘z vasfiga bag‘ishlangan  qo‘shiqlar efirga berildi. Bir biriga yaqin an’analar rang-barang yondoshuvlar bilan sharhlandi.

Ushbu «Navro‘z 2021» xalqaro radioko‘prikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» radiokanali ham o‘z dasturlari bilan qatnashdi.

- Umuman, olganda bu kabi tadbirlar Navro‘zning falsafasiga, ya’ni  ahillik, o‘zaro hamkorlik, jipslashuv kabi  umuminsoniy qadriyatlarga  hamohang, - deydi «O‘zbekiston 24» radiokanali rahbari Xudoynazar Do‘stqobilov. - Eng muhimi, ushbu «Navro‘z 2021» radioko‘prigi radioeshitirishlar sohasidagi o‘zaro ijodiy hamkorlikning yanada rivojida muhim o‘rin tutadi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring