Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xaridor – bank – quruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi

Xaridor – bank – quruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Aholi mablag‘larini qurilishga jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi «maqsadli ipoteka omonati» mexanizmi joriy etiladi. Bunda:

- xaridor – bank – quruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;

- uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro bankda omonat ochib, uni to‘ldirib boradi;

- badal summasi shakllanganda, unga ipoteka krediti rasmiylashtiriladi;

- tijorat banki omonat mablag‘larini quruvchi tashkilotga kredit sifatida ajratadi.

Ya’ni, xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, bank esa uyni xaridorga vaqtida topshirilishiga kafil bo‘ladi.

Reytingda yuqori o‘rinlarda bo‘lgan pudratchi tashkilotlarga uy-joy qurish uchun yerni auksiondan sotib olish to‘lovini avval 30 foizini, qolgan summani esa 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring