Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydan kelgan 370 nafar samarqandlikning xonadonlari dezinfeksiya qilinmoqda

Xitoydan kelgan 370 nafar samarqandlikning xonadonlari dezinfeksiya qilinmoqda

Foto: «Zarnews.uz»

2020-yilning 26-fevraligacha Samarqand viloyatiga jami 370 nafar kishi Xitoydan kelishgan. Ularning 347 nafarida 14 kunlik muddat o‘tganligi sababli tibbiy kuzatuv tugatilgan. 23 nafarida tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda, deya xabar bergan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish bo‘limi mudiri K.Sa’dullayev.

Joriy yilning 26-fevraligacha Samarqand xalqaro aeroporti sanitar nazorat punkti orqali jami 304 ta reyslar kelib-ketgan bo‘lib, 21179 nafar yo‘lovchilar o‘tkazilgan, shundan 1345 nafari chet el fuqarolari, 53 nafari XXRdan kelgan fuqarolar, Jartepa sanitar-nazorat punkti orqali 2691 ta avtotransport vositalari o‘tgan bo‘lib, 22832  nafar yo‘lovchilarning 13658  nafari chet el fuqarolaridir. Yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash va viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mutaxassislaridan iborat 4 ta tezkor mobil brigadalar tashkil etilib, shay holatga keltirilgan. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi O‘RI va gripp kasalliklarining 11 turiga tekshirish uchun diagnostikumlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, markaz tomonidan Samarqand shahridagi 10 ta yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarda va avtotransportlarda (250 ta avtobus, 285 ta «Damas» va 310 ta taksi), Xitoy Xalq Respublikasidan qaytgan 102 nafar fuqarolarning xonadonlarida, 8 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida, 35 ta maktablarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari olib borilgan. Samarqand shahridagi mavjud bozorlarning barchasida, turistik ob’yektlarning 22 tasida, 36 ta mehmonxona va 14 ta yotoqxona hamda 22 ta restoran, 28 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ham profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

Tuman SEO markazlari tomonidan ham joylarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Qolaversa,  tumanlardagi 14 ta avtoshohbekatlar (105 ta avtobus, 85 ta «Damas», 66 ta taksi), 22 ta bozorlar, 42 ta restoran, 59 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda Xitoydan qaytgan 250 nafar fuqaroning uylari va hovlilarida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring