Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda «chiroq o‘ynab qoldi». Mutasaddilar nima deydi?

Xorazmda «chiroq o‘ynab qoldi». Mutasaddilar nima deydi?

Xorazm viloyatining Shovot, Urganch va Xonqa tumanlarida elektr uzatish tarmoqlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayniqsa, Urganch tumanining «Baxshilar», «Orzu», «Hidoyat», «Gulobod», «Qumravot», «Yuqori jirmiz», «Qoramon», «Beruniy», «Kattabog‘» mahallalari, Xonqa tumanining «Zinaxos» , «Ilg‘or» mahallalari va  Shovot tumanining «Oqko‘l», «Ostona», «Qumyop», «Bo‘yrachi» mahallarida «chiroq o‘ynashidan» aholi bezillab qoldi.

«Xabar.uz»ning Xorazmdagi vakili mavjud ahvol yuzasidan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» hissadorlik jamiyati mutasaddilariga murojaat qildi.

— Kuz-qish davrida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha viloyatimizning tuman va shaharlar negizida reja jadvallari ishlab chiqilgan. Bunday ta’mirlash jarayonlarida hududlarda elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilishi mumkin. Urganch, Xonqa va Shovot  tumanlarida bugungi elektr ta’minoti uzilishlari haqida aholini ogohlantirganmiz va bu holat soat 18.00gacha bartaraf qilinadi, — dedi hissadorlik jamiyati mutasaddilaridan biri.

Qish g‘amiga bo‘lsaku mayli, surunkali ko‘rinish olmasa bo‘lgani bu uzilishlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring