Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yaxshilik» ko‘rsatuviga murojaat qilgan ayolga mashina beriladi

«Yaxshilik» ko‘rsatuviga murojaat qilgan ayolga mashina beriladi

Kadr: «Yaxshilik» ko‘rsatuvi

«Madaniyat va ma’rifat» telekanalida efirga uzatiladigan «Yaxshilik» ko‘rsatuvining 27 iyuldagi sonida murojaatchiga mashina berilishi aytildi.

Ko‘rsatuvda ishtirok etgan Imkoniyati cheklangan bolalar «Yorug‘lik» markazi rahbari Musulmon Ashurov so‘zlariga ko‘ra, «Yaxshilik» ko‘rsatuvida ko‘rsatilgan mushkul vaziyatdagi Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi Gulchehra Jo‘rayevaning farzandi nogironligi sabab oilaga imtiyozli tarzda mashina olib beriladi. Hattoki kredit to‘lovlari ham homiylar tomonidan tomonidan to‘liq amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Nasriddinov muallifligidagi «Yaxshilik» ko‘rsatuvi ehtiyojmand insonlarning murojaatlari asosida yordam tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring