Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHXBB yangi namunadagi alkotesterlarni namoyish etdi

YHXBB yangi namunadagi alkotesterlarni namoyish etdi

Yangi namunadagi alkotester qurilmasi namoyish etildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

YPX xodimi haydovchini spirtli ichimlik ta’sirida deb gumon qilganda Alkostop 8000S alkotester moslamasi yordamida tekshiriladi. 

Qurilma aktiv hamda passiv rejimda ishlatiladi. Passiv rejimda haydovchi to‘xtatilgan paytda YPX xodimi alkotesterning puflash tomonini haydovchiga yaqinlashtiradi. Moslama 5–10 santimetr masofada haydovchining og‘zidan chiqqan etanol bug‘lari orqali uning spirtli ichimlik iste’mol qilgani yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, YPX xodimi alkotester o‘rniga telpagidan foydalangani ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring