Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘qotilgan Aleksandriya asli qayerda — Afg‘oniston yoki O‘zbekistonda?

Yo‘qotilgan Aleksandriya asli qayerda — Afg‘oniston yoki O‘zbekistonda?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun «Sevimli» telekanalida «Yo‘qotilgan Aleksandriya. Amudaryo qirg‘og‘idagi Iskandar Maqduniy qal’asi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rahbari Firdavs Abduholiqov va Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Edvard Rtveladze ishtirok etdi.

Anjuman davomida Edvard Rtveladze tomonidan Surxondaryo viloyatida, Amudaryo bo‘ylarida joylashgan Kampirtepa yodgorligi o‘rnida qadimgi Oks bo‘yidagi Aleksandriya shahri joylashgani haqida ilmiy ma’lumot taqdim etildi.

— Qirq yillik mehnatlarim natijasi o‘laroq aytishim mumkinki, yo‘qotilgan Oks bo‘yidagi Aleksandriya shahri aynan Kampirtepa o‘rnida joylashgan. Bu borada juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazdim. Xususan, Ptolomey xaritasi bilan ham ish olib borganmiz.

Ba’zi olimlar Afg‘onistondagi Oyxonim harobalari o‘rnida Oks Aleksandriyasi bo‘lganini aytishadi. Ammo mening fikrim boshqacha. Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoni zabt etganida askarlari va sarkardalarini mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan qizlarga uylantirgan. Uning sarkardasi Salavka so‘g‘d malikasi Alama bilan turmush quradi. Mana shu nikohdan Salavkiylar davlatini boshqargan Antiox I tug‘ilgan. Ha, Antioxning tomirlarida so‘g‘d qoni oqqan.

Oyxonim — juda katta va buyuk shahar bo‘lgan. Ammo u sal keyinroq, aynan Salavkiylar davlati gurkiragan davrda qurilgan va uning nomi Oks bo‘yidagi Aleksandriya emas, balki Antioxiya bo‘lgan, — deydi Rtveladze.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring