Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuridik universitetga suhbat natijasida kirganlarga grant asosida ham o‘qish imkoniyati yaratildi

Yuridik universitetga suhbat natijasida kirganlarga grant asosida ham o‘qish imkoniyati yaratildi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYuU huzuridagi akademik litseynini bitirib, yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirgan bitiruvchilar ham grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 677-son qaroriga tegishli qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yo‘llanmalari hamda TDYuU qoshidagi akademik litsey tavsiyanomalari asosida kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra TDYuU bakalavriatiga o‘qishga kirgan yuridik texnikumlar va akademik litseyning bitiruvchilariga (abituriyentlarga) grantlar ajratilishi mumkinligi belgilandi.

Mazkur grantlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.

Ma’lumot uchun: shu kabi suhbatdan o‘tgan bitiruvchilar shu kungacha faqatgina to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring