Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zakovat» intellektual klubi»ga direktor tayinlandi

«Zakovat» intellektual klubi»ga direktor tayinlandi

«Zakovat» intellektual klubi» NNT ta’sischisining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda tashkilotga yangi rahbar tayinlandi. 

Tadbir davomida o‘tgan yil natijalari hamda 2024-yil rejalari va kelgusi faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi. Bunda «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish dolzarb masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Ta’sischilarning qarori bilan «Zakovat» intellektual klubi direktori lavozimiga Deyl Ahmadi tayinlandi.

Tayinlovga qadar Deyl Ahmadi AOKA Media-markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring