Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zakovat» super finalida Xorazm chempion!

«Zakovat» super finalida Xorazm chempion!

Foto: «Xushnudbek»

Bugun, 12-oktyabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanidagi «Bukhara Desert Oasis» ekoturizm markazida «Zakovat» musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Finalda Xorazm va Navoiy jamoalari kuch sinashishdi. Yakuniy hisobga ko‘ra Xorazm viloyatining «Xiva shahridagi Prezident maktabi» jamoasi g‘alaba qozondi!

G‘olib jamoa a’zolarining har biri bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

«Zakovat» klubini tashkil etishda bosh-qosh bo‘lgan jonkuyar inson – Abdurasul Abdullayev, faol ishtirokchilar – Bobur Yoqubov, Jobir Ahmedov, Xushnudbek Xudoyberdiyev, Aziza Ibragimova, Rustam Jabborov, Saidkamol Abdurazzoqov, Zebo Shomirova, Furkat Kurbanov, Umid Valiyevga bugun alohida rahmat aytmoqchiman.

Aziz o‘g‘il-qizlarim, sizlardagi shijoat, ilm-ma’rifatga intilish va intellektual salohiyatni inobatga olib, bundan buyon «Zakovat» o‘yinlarini yoshlarimiz o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantiramiz.

Harakatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 50 milliard so‘m mablag‘ ajratsak, sizlarga ma’qulmi?

Men surishtirdim, shu paytgacha Sizlarning o‘z binolaringiz ham yo‘q ekan. Shuning uchun Toshkentda «Zakovat»chilar uchun alohida bino barpo etsak, nima deysizlar? — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yinining super final bosqichida Navoiy viloyati jamoasini mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xorazmlik bilimdonlar bilan tanishishingiz mumkin:

Jumanov Behzod Tursunbayevich – Gurlan tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;

Xodjayev Feruz Qahramon o‘g‘li – «Ishonch» do‘konlar tarmog‘i Xiva filiali xodimi;

Tajiyev Jamoladdin Nurlayevich – tadbirkor;

Matkarimov Azamat Xurmatovich – Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi;

Xodjayev Navro‘z Azamatovich – tadbirkor;

Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich – Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring