Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonaviy internet asoschilaridan biri vafot etdi

Zamonaviy internet asoschilaridan biri vafot etdi

Foto: «Droider»

«Bugun internet o‘z qahramonini yo‘qotdi. «EFF» («Electronic Frontier Foundation») Jon Perri Barlouni so‘nggi manzilga kuzatib qo‘yadi», deyiladi tashkilotning «Facebook»dagi sahifasida. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Barlou uyquda vafot etgan.

«Aytish mumkinki, bugungi kunda biz biladigan va yaxshi ko‘radigan internetning asosiy segmentlari Barlouning rahbarligi va tashabbusi evaziga mavjud va rivojlanmoqda», deb ta’kidladi «EFF».

Barlou 1990 yilda elektron aloqa vositalari foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qiluvchi «Electronic Frontier Foundation» tashkilotining yaratilishida ishtirok etgan. Qolaversa, u internetdagi faoliyati bilan ham mashhur. Bundan tashqari, u bir necha qo‘shiqlar muallifi hamdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring